Telegram Group Search
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Urgut tumanida yuz bergan zilzila kuchi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida sezilgan.

👉 https://kun.uz/94272674

Kun.uz rasmiy kanali
1 yoshli qizaloq vafotidan keyin: Veolia Energy ish jarayoniga o‘zgartirish kiritishini ma’lum qildi

Toshkentda ko‘p yillik daraxtning qulashi sabab 1 yoshli qiz vafot etgandi. Voqea ortidan Veolia Energy kompaniyasi ish jarayonini o‘zgartirishni, jumladan, daraxtlar va boshqa ko‘p qavatli obektlar yaqinida kattaroq maydonni to‘sib qo‘yish, xavfli zona atrofida odamlarning kirishini cheklash uchun ishchi xodimlarni joylashtirishini bildirdi.

👉 https://kun.uz/96330487

Kun.uz rasmiy kanali
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunda ishdan va ish haqi (mehnat daromadi)dan mahrum bo‘lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash shartlariga aniqlik kiritilmoqda, ishsizlik nafaqasini to‘lashni tugatish va to‘xtatib turish uchun asoslar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

👉 https://kun.uz/30000952

Kun.uz rasmiy kanali
«Chelsi» derbida 5 ta javobsiz gol urdi, «Liverpul» ayovsiz qasos oldi. APLda kun o‘yinlari

Pochettino jamoasi yevrokuboklar uchun kurashda qolmoqda, «Tottenhem» YChLdan umid uzmoqda.

📹 👉 https://kun.uz/33304717

Kun.uz rasmiy kanali
Kimnidir bosib qolishi kerakmi? Yunusobodda “zamhokim”ning ham “tishi o‘tmayotgan” masala haqida

Chilonzorda daraxt yiqilib, 1 yoshli go‘dak halok bo‘ldi. E’tiborlisi, yiqilishidan 10 kun avval o‘sha daraxtni kesishga ruxsatnoma olingan bo‘lgan. Ammo uni kesib ketuvchi tashkilot “topilmagan”. Kun.uz muxbiri xuddi shunday holat bo‘yicha boshidan o‘tganlarini hikoya qilib beradi. Voqealar ayni shu kunlarda, poytaxtning Yunusobod tumanida yuz bermoqda.

👉 https://kun.uz/29588800

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatgan AQSh, Xitoy rahbarining Fransiyaga tashrifi va Ukraina rahbarlarini qidiruvga bergan Rossiya - kun dayjesti

O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/12019743

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azodagi yarim yil - urush xronikasi suratlarda

Vositachilarning urinishlariga qaramay, tomonlar o‘rtasida hamon tinchlik kelishuviga erishilmayapti.

📸👉 https://kun.uz/20737399

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda payshanba kunidan yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Hafta birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq ob-havo bo‘lishi, harorat +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti. Payshanbadan nam havo massalari barcha hududlarga tarqaladi. Harorat +20 darajagacha pasayib, yomg‘ir yog‘adi.

👉 https://kun.uz/35543433

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil armiyasi Rafahdan aholini evakuatsiya qila boshladi

Rafah shahri HAMASning G‘azo sektoridagi so‘nggi tayanch nuqtasi hisoblanadi. Ittifoqchilar ko‘p sonli tinch aholi qurbon bo‘lishidan xavotirlanib, Isroilni shaharga hujum qilishdan voz kechishga chaqirmoqda, biroq Isroil o‘z rejalaridan qaytmoqchi emas.

👉 https://kun.uz/98616120

Kun.uz rasmiy kanali
Bolalarning yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Internetda videosi tarqalgan voqea Xorazmda ro‘y bergan. Holat yuzasidan, shuningdek, bolaning qo‘liga igna tiqish harakatini aniqlash bo‘yicha Gurlan tumani IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

👉 https://kun.uz/06641498

Kun.uz rasmiy kanali
Braziliya janubida dahshatli suv toshqinlari - fotosuratlar

Kamida 78 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, o‘n minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

📸👉 https://kun.uz/07443489

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi

To‘rt g‘ildirakli robot profilaktika inspektori yordamchisi vazifasini bajaradi. U GPS tizimi, yozib olish funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan.

👉 https://kun.uz/77199877

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya qo‘liga o‘tgan Ocheretino xarobalari va tinimsiz o‘qqa tutilayotgan Xarkiv. Urush suratlari

Urushning 802-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/23117390

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 9-11 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

👉 https://kun.uz/81848999

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tug‘iliboq universitetga borayotgan bolalar

Namanganlik Muhammadyusuf dunyoga kelganiga 8 oy bo‘ldi. U tug‘ilganidan 3 oy o‘tib ilk bor OTM binosiga kelgan, chunki onasi – Namangan davlat universiteti sirtqi ta’lim talabasi. Kun.uz qisqa videolavhada oliygohda o‘qiyotgan talaba-onalar haqida hikoya qiladi.

👉 https://kun.uz/25089080

Kun.uz rasmiy kanali
Kongressmen: Agar Ukraina yutqazsa, AQSh aralashishiga to‘g‘ri keladi

Rossiya SSSRni qayta tiklashga urinmoqda va NATOga tahdid soladi, deydi Vakillar palatasidagi demokrat Hakim Jyeffris. U Respublikachilar partiyasidagi «Putinni qo‘llab-quvvatlovchi lobbi»ni Kiyevga yordamni kechiktirishda aybladi.

👉 https://kun.uz/13703712

Kun.uz rasmiy kanali
Xorijiy avtomobillarni vaqtincha olib kirish uchun yig‘im miqdori barcha avtomobillar uchun tenglashtirildi

Xorijiy avtomashinalarni O‘zbekistonga vaqtincha olib kirish uchun yig‘imni hisoblash tartibi o‘zgardi. Oldin transport vositasining har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 foizi miqdorida yig‘im undirilgan bo‘lsa, endilikda bu miqdor kuniga BHMning 1 barobari etib belgilandi.

👉 https://kun.uz/88231079

Kun.uz rasmiy kanali
Ofshordagi ta’sischilari voz kechgan TMZ xususiylashtiriladi

Toshkent metallurgiya zavodidagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli 49,9 foiz davlat ulushi 2025 yilning ikkinchi choragiga qadar xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi. Avvalroq, kompaniyaning 50 foizdan ko‘proq qismiga egalik qilgan ofshor kompaniyalar loyihadan chiqib ketgandi.

👉 https://kun.uz/11290594

Kun.uz rasmiy kanali
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi

Oqlanganlar orasida sud-huquq tizimida yuqori lavozimlarda ishlagan taniqli shaxslar ham bor. Ularning aksariyatiga Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930 yil 21 iyundagi hukmi bilan mol-mulki musodara qilingan holda o‘lim hamda uzoq muddatli qamoq jazosi berilgan.

👉 https://kun.uz/72438817

Kun.uz rasmiy kanali
Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda

Xitoy rahbari Si Jinping besh yil ichida ilk bor Yevropaga noodatiy vaqtda noodatiy tashrifini amalga oshirdi. G‘arb bilan savdodagi nomutanosibliklarni bartaraf etishdan bosh tortayotgani va Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan Rossiya bilan do‘stlashgani uchun AQSh va Yevroittifoqning Xitoy bilan munosabatlari kundan kunga yomonlashmoqda.

👉 https://kun.uz/37455528

Kun.uz rasmiy kanali
2024/05/06 16:25:33
Back to Top
HTML Embed Code: